“Jizzax Toshtepa Textile” O’zbekiston Respublikasining Jizzax viloyatidagi maxsus sanoat hududida joylashgan. JTT kompaniya eng zamonaviy texnologiyalar yordamida yuqori sifatli trikotaj matolar ishlab chiqarish, unga rang berish, ushbu matolardan tayyor mahsulot holatiga keltirib, eksport qilish bilan shug’ullanadi. JTTning umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 milliondan ortiq tayyor mahsulotni tashkil qiladi.
JTT o’zining ilk eksport mahsulotini 2011 yili ishlab chiqardi. Yuqori sifatli mahsulotlar ko’p xorijiy davlatlarda, xususan MDH va Evropa davlatlarida o’z mijozini topdi. Kompaniya shu vaqtga qadar, tajribalar yig’ib, rivojlanib, ishlab chiqarishning har bir qismiga e’tibor bergan holda, katta xorijiy tashkilotlarning buyurtmasini va eng yuqori talablarini qisqa vaqt ichida amalga oshirib keldi. Bundan tashqari, mahsulot narxlari sizga ma’qul keladi!
JTT sizga eng ezgu tilaklarni tilaydi!